Surayyo Dalil
Surayyo Dalil ثریا دلیل | |
---|---|
Surayyo Dalil, 2017-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1970-yil Kobul |
Fuqaroligi | Afgʻoniston |
Millati | Afgʻon |
Kasbi | Shifokor |
Mansubligi | oʻzbek |
Suraya Dalil (oʻzbekcha/dariycha: ثریا دلیل), (1970-yilda tugʻilgan) – afgʻon shifokori va siyosatchisi, 2010—2014-yillarda Sogʻliqni saqlash vaziri boʻlib ishlagan va 2015-yil noyabridan buyon mamlakatning BMTdagi doimiy vakili.
Dastlabki hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dalil 1970-yilning fevralida Kobulda tugʻilgan. Otasi oʻqituvchi boʻlgan va oʻsha paytda gʻayrioddiy boʻlishiga qaramay, qizini taʼlim olishga undagan[1]. Zargʻona oʻrta maktabida oʻqigan va 1991-yilda Kobul tibbiyot universitetini tamomlagan[2] [3]. Otasi fuqarolar urushi paytida yaralanganidan keyin oilasi Mozori-Sharifga koʻchib ketgan[3] [1] [4].
2004-yilda Dalil Harvard sogʻliqni saqlash maktabida oʻqish uchun Prezident stipendiyasiga sazovor boʻladi[5] va 2005-yilda jamoat salomatligi boʻyicha magistr darajasini oladi[2] [3] [4].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dalil 1992- va 1993-yillarda „Chegara bilmas shifokorlar“ tashkiloti bilan Afgʻoniston shimolidagi tojik qochqinlariga tibbiy yordam koʻrsatgan[2]. Keyin u Xalqaro Migratsiya Tashkiloti bilan hamkorlikda Pokiston va Erondan qaytgan afgʻon qochqinlariga tibbiy yordam koʻrsatgan[2] [3] [1].
Dalil 1994-yilda Afgʻonistonda UNICEF bilan ishlay boshladi[2], qizamiq va poliomiyelitga qarshi keng koʻlamli emlash loyihasini nazorat qildi[4]. 1998-yilda Tolibon Mozori-Sharifga yetib borgach, u oilasi bilan Pokistonga piyoda qochib ketdi va u yerda Pokistonga koʻchirilgan UNICEFning Afgʻonistondagi vakolatxonasida ishlashni davom ettirdi[3]. Tolibon qulaganidan keyin u 2002-yilda oilasi bilan Kobulga qaytib keldi[3]. Dalil Kobulda 2007-yilgacha ishlagan, UNICEFning Somalidagi Sogʻliqni saqlash va Oziqlantirish dasturi rahbari etib tayinlangan va u yerda 2009-yil dekabrigacha ishlagan[2].
2010-yilning yanvarida Dalil prezident Hamid Karzay tomonidan Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan va u 2012-yil mart oyida vazir etib tayinlangan[2] [6]. Bolalar va onalar oʻlimini kamaytirish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqqan[7] [8] [9].
2015-yil noyabr oyida Prezident Ashraf Gʻani Dalilni Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumatining Jenevada joylashgan BMTdagi doimiy vakili etib tayinladi[6] [10] va bu lavozimdagi birinchi ayol boʻldi[1].
2017-yil oxirida Dalil piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash konvensiyasining (Ottava shartnomasi) prezidenti[11] etib saylandi, ushbu konvensiya piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, ishlab chiqarish, uzatish va saqlashni taqiqlaydi. Afgʻoniston bu qurollardan eng koʻp zarar koʻrgan davlatlardan biridir[12] [13]. Uning Konvensiyadagi raisligi 2018-yil oxirida tugaydi[14].
Boshqa faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xalqaro gender chempionlari (IGC), aʼzosi[15].
Mukofot va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda Dalil butun mamlakat boʻylab emlashni amalga oshirishdagi yutuqlari uchun Butunjahon Emlash Ittifoqi tomonidan mukofotga sazovor boʻldi[16]. 2014-yilda u Reproduktiv salomatlik boʻyicha Global yetakchilar kengashining „Resolve Award“ maxsus mukofotini qabul qilib, mukofot uning Afgʻonistonning reproduktiv, ona va bola salomatligiga ustuvor ahamiyat berish borasidagi saʼy-harakatlarini eʼtirof etdi[17].
Nashr qilingan ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dalil, Surayyo (2000) "Psychosocial assessment of children exposed to war-related violence in Kabul [Kobulda urush bilan bogʻliq zoʻravonliklarga duchor boʻlgan bolalarning psixologik-ijtimoiy bahosi]" Violence and Health: Proceedings of a WHO Global Symposiurn: 174–1.
- Dalil, Surayyo. Assessment of services and human resource needs for the development of the safe motherhood initiative in Afghanistan. Afghan Digital Libraries, 2002.
- Bartlett, L.; Mawji, S.; Whitehead, S.; Crouse, C.; Dalil, S. (2005) "Where giving birth is a forecast of death: maternal mortality in four districts of Afghanistan, 1999–2002 [Tugʻish oʻlim bashorati boʻlgan yerda: Afgʻonistonning toʻrt tumanida onalar oʻlimi,1999–2002-yillar]" The Lancet 365 (9462): 864–870 doi:10.1016/S0140-6736(05)71044-8 PMID 15752530.
- Dalil, Surayyo (2014) "Aid effectiveness in rebuilding the Afghan health system: a reflection [Afgʻoniston sogʻliqni saqlash tizimini qayta qurishda yordam samaradorligi: aks ettirish]" Global Public Health 9.sup1 (Suppl 1): S124–S136 doi:10.1080/17441692.2014.918162 PMID 24922192 PMC 4136664 //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4136664.
- Dalil, Suraya „Security for Our Shared Home“, . To Save Humanity:What Matters Most for a Healthy Future Julio Frenk: . Oxford University Press, 2015 — 97–98-bet. ISBN 9780190221553.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dalilning ona tili oʻzbek tili boʻlib, u dariy, pushtu va ingliz tillarida ham soʻzlashadi[2]. Uning turmush oʻrtogʻi ham shifokor boʻlib, uch farzandi bor[6] [1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Chahil-Graf, Renu „Most Afghan girls don't go to school. How grit and dad got this one to the top“. Le News (2016-yil 24-mart). Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 „H.E. Dr Suraya DALIL“. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti. 2015-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Delvigne-Jean. „Suraya Dalil: Taking the long way home“. UNICEF (2005-yil 27-iyun). 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Powell. „A doctor goes home: Combating Afghanistan's maternal mortality rate“. Harvard Gazette (2005-yil 9-iyun). Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ Drexler. „The capacity of financial aid to transform millions of lives“. Harvard Public Health (2014).
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Amb Suraya Dalil“. Geneva Center for Security Policy. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- ↑ Nebehay. „Afghan health minister seeks backing for vaccines“. Reuters (2011-yil 18-may). Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ „The Ministry of Public Health, Malalai Hospital and UNFPA celebrate the International Day to End Obstetric Fistula“. UNFPA Afghanistan (2014-yil 27-may). Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ Francome, Colin. Unsafe Abortion and Women's Health: Change and Liberalization. Routledge, 2016 — 57-bet. ISBN 9781317004219.
- ↑ „Suraya Dalil Submits Credentials To UN Geneva Office“. Tolo News (2015-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ „AP Mine Ban Convention: Landmine treaty at 20: gains made in mine clearance, stockpile destruction and universalization“. www.apminebanconvention.org.
- ↑ „Mine Action – Reports – Monitor“. the-monitor.org. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- ↑ „AP Mine Ban Convention: Afghanistan“. www.apminebanconvention.org.
- ↑ „AP Mine Ban Convention: Seventeenth Meeting of the States Parties“. www.apminebanconvention.org.
- ↑ Members International Gender Champions (IGC).
- ↑ „MoPH Gains VWU Prize“. Bakhtar News (2012-yil 9-dekabr). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ „Afghanistan's Reproductive Health Celebrated By World Leaders“. Bakhtar News (2014-yil 21-may). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Elchixona tarjimai holi (Wayback Machine saytida 2015-09-30 sanasida arxivlangan)